AVIAL, aviatsiya alyuminiysi — bolgʻalanadigan alyuminiy qotishmasi. Tarkibida magniy (0,45—0,9%), kremniy (0,15-1,2%), mis (0,2-0,6%), marganes (0,15-0,3%) (yoki shuncha miqdordagi xrom), temir (koʻpi bilan 0,5%) bor. Bolgʻalash va shtamplash yoʻli bilan undan samolyot va vertolyot qismlari tayyorlanadi. Avial juda plastik, oʻrtacha mustahkam, zanglamaydi, toblab ishlangandan keyin mustahkam boʻlib qoladi.