AVLIYO (arab, valiy soʻzining kupligi, xudoga yaqin odam) — tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyruqlarini bajarib, gunoh ishlardan oʻzini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz oʻgiruvchi kishi. Avliyo soʻzi «aziz» soʻzi bilan birga ham ishlatiladi. Mas, «aziz-avliyolar» tasavvufda oʻzining kashfu karomatlari bilan tanilgan tariqat shayxlariga, piru murshidlarga nisbatan koʻllaniladi. Islom anʼanasida Avliyolar qaysidir bir ishi, xizmati yoki xislati tufayli Allohga yaqin boʻlib qolgan, duolari mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. Avliyolar paygʻambarlar darajasidan keyin turadi. Islom aqidasi boʻyicha Avliyo har qancha kashfu karomatga ega boʻlmasin bir oddiy paygʻambarning martabasiga ham yeta olmaydi. Avliyo larning mozorlarini ziyorat qilib ruhiy ozuqa olish islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.