AVRELIY

AVRELIY Mark (121-180) — Rim imperatori (161-y. dan). Antoninlar sulolasidan. Senatorlar tabaqasiga suyangan. Armanistonda Rim hukmronligini tiklagan. Parfiyaliklar bilan boʻlgan urushda (162—166) Mesopotamiyani bosib olgan. 166—180-y. larda Markoman urushi olib borgan. Soʻnggi stoitsizm vakili («Oʻylar» falsafiy asari muallifi).

Prev Article

AVRAT

Next Article

AVRORA