AVTODISPETCHER

AVTODISPETCHER, avtomat dispetcher — boshqariladigan obyekt (mas, metall eritish jarayoni)ning eng maqbul (optimal) ish rejimlarini hisobga olib avtomatlashtirishga imkon beruvchi yalpi boshqarish tizi-mi («odam va mashina» tizimiga oid). A tarkibiga operator (dispetcher), boshqaruvchi hisoblash mashinasi (B. h. m.), barcha operatorlarning B. h. m. bilan aloqa qilib turishini taʼminlovchi vositalar, boshqariladigan obyektlar bilan telealoqa vositalari, obyektlardagi ijro va nazorat organlari kiradi.

Prev Article

AVTOGRAVYURA

Next Article

AVTODROM