AVTOGRAVYURA (avto… va frans. gravure — oʻymakorlik, naqsh solish soʻzlaridan) — gravyura turi, muallif tasvir, naqshni oʻz qoʻli bilan yogʻoch, linoleum yoki metallga oʻyib ishlaydi; undan qolip sifatida foydalanib chop qilingan nusxa ham gravyura deb ataladi. Yogoch Avtogravyura lardan kitoblarga rasmlar tayyorlashda, linoleum va metall Avtogravyura lardan esa alohida nusxalar chop qilishda foydalaniladi.