AVTOMAT LATUNI

AVTOMAT LATUNI (jezi) — qoʻrgʻoshinlangan latun. Qoʻrgʻoshin latunning avtomat stanoklarda kesib ishlanish xossasini yaxshilaydi (nomi shundan). Markasi — LS59-1, L harfi latunni, S harfi qoʻrgʻoshinni, 59 soni misning, 1 raqami esa qoʻrgʻoshinning foizda ifodalangan oʻrtacha miqdorini bildiradi. Avtomat latunining kimyoviy tarkibi: mis 57—60%, qoʻrgʻoshin — 0,8—30%, boshqa qoʻshilmalarning umumiy miqdori 0,75% gacha. Avtomat latuni chiviklar, lentalar, polosalar va listlar tarzida ishlab chiqariladi; bulardan boltlar, gaykalar, soat detallari va b. ishlab chiqariladi. Avtomat latunining texnik xossalari tarkibi va holatiga bogʻliq boʻladi; moʻstahkamlik chegarasi 300-600 Mn/m2 (30—60 kg/mm2, nisbiy uzayishi — 2—50%.

Toʻraxonov Avtomat latuni S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.

Prev Article

AVTOLITOGRAFIYA

Next Article

AVTOMAT OXUR