AVTOMATIK OY STANSIYASI — Oy sirtiga qoʻndirish uchun moʻljallangan kosmik apparat. Konstruksiyasi va apparatlari Oydagi mavjud sharoitlarga moslab hisoblanadi. Avtomatik oy stansiyasi bortiga joylashtirilgan ilmiy apparatlar yordamida Oydagi tabiiy sharoit va Oy sirti tadqiq qilinadi, radiotelemetrik va televizion tizimlar yordamida tadqiqot natijalari va Oy sirti tasviri Yerga uzatiladi. 1966-y. 3 fev. da dunyoda birinchi boʻlib «Luna-9», shu yili «Serveyer-1» A. o. s. Oy sirtiga qoʻndirildi (q. «Luna», «Serveyer»).