AXBOROT

AXBOROT — 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, maʼlumot. Davlatlar oʻrtasidagi muzoqaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma toʻgʻrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar oʻrtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy eʼlon qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi Axborot odatda qoʻshma Axborot deb ataladi;

2) baʼzi vaqtli nashrlarning nomi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, Oʻzbekiston Respublikasi test markazining axboroti va b.).

Prev Article

AXALSIXE

Next Article

AXBOROT MASHINASI