AYAMAJUZ

AYAMAJUZ (arab. ayyom — kunlar, ajuz — kampir) — qishning oxirgi kunlari. Mart oyining birinchi haftasida boʻladigan sovuq va izgʻirinli kunlar. Ayamajuz haqida xalq orasida «ayamajuz olti kun, qahr aylasa qattiq kun», «Ayamajuz kirganda toʻqson — bir kunimcha yoʻqsan» kabi naqllar tarqalgan. Chorvachi qozoqxalqi Ayamajuzni oʻtamali deb ataydi. Ayamajuz chorvaning qishlovdan qaytib, qoʻzilash oldidan oriqdab, qishdan arang chiqqan vaqtiga toʻgʻri keladi, shunday paytda baʼzan qorboʻronli kunlar boshlanib, ehtiyot choralari koʻrilmasa, mol qirilib ketishi mumkin.

Prev Article

AYUTTXAYA

Next Article

AYAGʻUZ