AYBONA — shariatga binoan biror kimsa jamoat tartibini buzsa (ichkilikxoʻrlik, qimorbozlik kabi), axloqsizlik qilsa, biror kosib bozorga sifatsiz buyum ishlab chiqib sotsa va h. k. man etilgan ishlarni qilsa, uning gunohi evaziga undirib olinadigan pul yoki narsa.