AYLANMA HARAKAT — qattiq jism aylanganda uning aylanish oʻqida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasaydigan harakat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qoʻzgʻalmas toʻgʻri chiziq — aylanish oʻqiga tik boʻladi, aylanalarning markazi esa shu oʻqda yotadi. Aylanma harakat burchak tezligi va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi.