AYLANMA NAQSH — doira, halqa, aylanma shakllar asosida tuzilgan oʻsimliksimon naqsh; band, barg, gulcha va b. dan tashkil topgan, chirmashgan gulchambar koʻrinishiga ega. Amaliy bezak sanʼatida, ayniqsa, Xivada aylanma islimiy nomi bilan mashhur. Yogʻoch, ganch, tosh, mis va b. buyumlar bezagida keng qoʻllaniladi.