AYLANMA PLUG — egat va joʻyaklar hosil qilmasdan shudgorlaydigan plug. Umumiy ramaga mahkamlangan, chap va oʻngga agʻdaradigan korpuslari boʻladi. Aylanma plugning har qaysi oʻtishidan soʻng uning ramasi burish mexanizmi yordamida boʻylama oʻq atrofida 90° ga buriladi. Aylanma plug traktorga oʻrnatib ishlatiladi. Agregatni traktorchi boshqaradi.