AYLANT

AYLANT, sassiq daraxt (Ailanthus) — aylantdoshlar (simarubdoshlar) oilasiga mansub daraxtlar turkumi, 10 tacha turi maʼlum. Shar-qiy Osiyo va Hindistonda koʻproq tarqalgan. Ukraina, Qrim, Shim. Kavkaz, Belorussiya va Oʻrta Osiyoda novcha Aylant yoki Xitoy zaranggi (A. altissima) degan bir turi xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shu tur Oʻzbekistonda (umuman Oʻrta Osiyoda) ham oʻstiriladi. Aylantning barglari yirik, patsimon murakkab, badboʻy. Gullari mayda, ikki jinsli (baʼzi turlarida bir jinsli), shingil toʻpgullarga yigʻilgan Aylant tez oʻsadi. Deyarli barcha turlari mebel tayyorlashda, qurilish materiali sifatida, buyumlar yasashda hamda qogʻoz tayyorlashda ishlatiladi. Xitoyda Aylant bargi bilan aylant ipak qurti boqiladi.

Prev Article

AYLANMA PLUG