AYNIYLIK PRINSIPI — kvant mexanikannng asosiy qonuni. Ayniylik prinsipiga muvofiq bir xil zarralarni bir-biridan farq qilish mumkin emas. Klassik mexanikada fizik xossalari (massasi, zaryadi va h. k.) ayniy (bir xil) boʻlgan zarralar oʻz xususiyatini yoʻqotmaydi. Mas, mazkur fizik tizimga kirgan zarralarni biror boshlangʻich vaqtda «raqamlab» va ularning oʻz trayektoriyasi boʻylab harakatini kuzata borib, keyingi istalgan vaqnda qayerda boʻlishini aniqlash mumkin. Kvant mexanikaning aniqsizlik prinsipiga asosan zarra (mas, elektron) ning trayektoriyasi degan tushuncha oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Ammo bu yerda zarrani topish ehgimoli koʻzda tutiladi, binobarin, kvant mexanikada zarralarni «raqamlariga qarab» bir-biridan farq qilish, aynan bir xil zarralar harakatini alohida-alohida kuzatish mumkin emas. Fizik xossalari bir xil boʻlgan zarralar bir-biridan farqsizdir. Ayniylik prinsipi kvant mexanikaning mu-staqil prinsipidir. Bir xil zarralardan tashkil topgan tizimlarning kvant nazariyasida Ayniylik prinsipini kuyidagicha taʼriflash mumkin: ayniy zarralarning oʻrin almashinishi natijasida zarralar tizimining ichki oʻzgarish holatini hech qanday tajriba yordamida farq qilib boʻlmaydi va bunday holatni bitta fizik holat deb qaraladi. Ayniylik prinsipi Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunuvchi zarralar uchun Pauli prinsipoʻ shaklida tavsiflanadi.