AYOQCHI

AYOQCHI (eski oʻzb. ayoq — idish) — 1) oʻtmishda (11 —14-a. lar) biror mansabdor shaxs tomonidan uyushtirilgan tantana, ziyofat yoki qabul chogʻida mehmonlarga turli sharob va may quyuvchi, kosagul, soqiy. Eski oʻzbek tili yodgorliklarida keng qoʻllanilgan.

2) Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida keltirilishicha, Ayoqchi kulol maʼnosida ham qoʻllanilgan.

Prev Article

AYOLLAR QIZIQCHILIGI

Next Article

AJABSANDA