AZINLAR

AZINLAR — tarkibida azot, ikki yoki undan koʻp sonli va turlicha jinsli atomlari boʻlgan olti hadli geterotsiklik birikmalar. Boshqa halqa tizimlari bilan kondensatlashgan juda koʻp Azinlar maʼlum, Azinlar asos xossasiga ega boʻlib, kislotalar bilan taʼsirlanganda tuzlar hosil qiladi. Baʼzi Azinlar tirik organizmlarda uchraydi. Hujayraning tarkibiy qismi boʻlgan nuklein kislotalarda Azinlarning hosilalari — pirimidin va purin asoslari bor. A. tibbiyotda va boʻyoq sanoatida ishlatiladi.

A3IX GʻORI — ashel madaniyatiga mansub manzilgoh (Ozarbayjon Respublikasi, Gadrut tumani). Qad. turar joy krldiklari, tosh qurollar, shuningdek gʻor ayikdari bosh suyaklari berkitilgan joy — sajdagoh topilgan.

Prev Article

AZIMUTAL YULDUZ

Next Article

AZKAMAR