AZOMETIN BOʻYOQLAR — molekulasida xromofor guruhlar boʻlgan organik boʻyovchi moddalar. Azometin boʻyoqlar toʻq rangli boʻlishi b-n azoboʻyoqlardan farq qiladi. Ular aromatik yoki geterotsiklik aldegidlar va aminlarni hamda aromatik nitrozo birikmalarni faol metilen guruhli birikmalar bilan oʻzaro taʼsir ettirish va b. yoʻllar bilan olinadi. Sintetik usulda olingan dastlabki boʻyoqlardan biri boʻlgan toʻq qizil rangli mureksid ham Azometin boʻyoqlarga kiradi. Azometin boʻyoqlar rangli fotografiya va toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi.