AZON

AZON (arab, namozga chaqirish) — 1) islom dinida har kuni oʻqiladigan 5 mahal namozga muazzin etadigan daʼvat. Azon namoz uchun buyurilgan sunnat hisoblanadi. Muazzin (azon aytuvchi) odatda har bir masjidda boʻladi. Uning aytgan Azoni namoz vaqti boʻlganligini bildiradi. Azon baland ovoz bilan oʻziga xos ohang ila aytiladi. Azon 622—623-y. larda Muhammad (sav) tomonidan belgilandi. Birinchi muazzin Bilol (ra) boʻlgan. Azon aytish islom tarixining bir necha asrlari davomida shakllandi.

2) Islomda yangi tugilgan chaqaloqning qulogʻiga Azon aytish odati ham bor. Bunda avval maxsus duo oʻqilib, soʻng ohista tovushda bolaning oʻng qulogʻiga Azon, chap qulogʻiga takbir aytiladi. Bu odat goʻdakning bokira shuuriga Alloh taolo nomini muhrlash mazmunida talqin etilgan.

3) Oʻzbek tilida Azon soʻzi ertalab, saharlab, ilk sahar (kun chiqishdan oldingi payt) maʼnosini ham anglatadi.

Prev Article

AZOKSIBIRIKMALAR

Next Article

AZOR ANTITSIKLONI