Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

AZOTOLLAR

AZOTOLLAR, naftollar — qattiq, rangsiz moddalar. Suvda erimaydi, ishqorlar bilan qizdirilganda tuz hosil qilib, eriydigan holga oʻtadi. Ishqoriy muhitda Azotollar gazlamaga birikib, soʻngra diazobirikmalar bilan ishlanganda mustahkam rang hosil qiladi. Azotollar azoboʻyoqlar olishda, toʻqimachilik materiallarini boʻyashda ishlatiladi.

Prev Article

AZOTOBAKTERIN

Next Article

AZOTFIKSATORLAR