BADAYEV Nikolay Dmitriyevich

BADAYEV Nikolay Dmitriyevich [1915.21.4 (4.5), Mordva, Torbeyevo st-yasi — 1990.6.5, Samarqand] — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Ashxobod, Tambov, Poltava sh. teatrlarida, 1946-y. dan Samarqanddagi viloyatlararo rus drama teatrida ishlagan. Uning Yago (U. Shekspir, «Otello»), Mulladoʻst, Norboyvachcha (Hamza, «Maysaraning ishi», «Xolisxon»), Tursunov (S. Azimov, «Assalom yulduzlar»), Shayxulislom (M. Shayxzoda. «Mirzo Ulugʻbek») kabi obrazlari yorqin va taʼsirchan. Badayev bir qancha asarlarni sahnalashtirgan; oʻzbek filmlarida suratga tushgan.

Prev Article

BAL RAQSI

Next Article

BALALAYKA