BADIIY GIMNASTIKA

BADIIY GIMNASTIKAsport turi, buyum ( tasma, koptok, halqa, argʻamchi) b-n va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boʻyicha ayollar musobaqalari. Xalqaro sport musobaqalarining hoz. zamon dasturida koʻp kurash (bitta majburiy va buyumlar bilan uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh boʻlib erkin mashqlar bajarish bor. Gʻoliblar koʻp kurashda, alohida va guruh boʻlib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boʻyicha baholanadi. 40 – y. lardan Badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 50-y. lar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) B. g. ni sport turi sifatida tan oldi. 1963-y. dan toq yillari jahon chempionatlari oʻtkazilmoqda, 70 – y. lar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-y. dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Oʻzbekiston B. g. chilari terma jamoasi 1991-y. Simferopolda oʻtgan ittifoq chempionatida 1-oʻrinni oldi. 1996-y. Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-y. jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova).