BAGʻDOD — shaharcha, Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanoʻ markazi. Tumanning shim.-sharqiy qismida. Katta Fargʻona kanali yaqinida. 1894—1962-y. larda Se-rovo deb atalgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Furqat. Bardoddan Fargʻonagacha boʻlgan masofa 70 km. Aholisi 12,8 ming kishi (2000). asosan, paxtachilik bilan shugʻullanadi. Mebel, poyabzal f-kalari, q. x. mashinalarini taʼmirlash ustaxonasi, aksiyadorlik jamiyatlari, tumanlara-ro taʼminot bazalari (neft, kimyo va b.), kichik va xususin korxonalar, telestudiya mavjud. 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey, 2 kutubxona. 1 aloqa boʻlimi, 1 kasalxona, 2 poliklinika, muzey va 25 dan ziyod maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.