BAGʻLON — Afgoniston shim. dagi shahar, Surxob daryosi yaqinida, Kobul — Xonobod avtomobil yoʻli yonida. Bagʻlon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 44,6 ming kishi (1987). Qand lavlagi yetishtiriladigan r-nning sav-do markazi. Shakarqand i. ch. kichik korxonalari bor.