Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BAGRAT III

BAGRAT IIIGruziya podshosi (975 — 1014). Bagrat III oʻz hukmronligi davrida Gʻarbiy Gruziya va Sharqiy Gruziyaning katta qismi (Kartli, Kaxeti, Ereti) ni yagona bir davlat ostiga birlashtirgan; B. III dvoryanlarga tayanib mamlakatni birlashtirish siyosatidan norozi boʻlgan yirik mulkdorlarga hamda arablarga qarshi kurashgan. Uning davrida oʻrta asr gruzin madaniyatining ajoyib yodgorliklaridan biri — Bedia ibodatxonasi (Abxaziya) hamda Kutaisidagi Bagrat ibodatxonasi bunyod etilgan.

Prev Article

BAGRAM

Next Article

BAGRATIYLAR