BAHODIR

BAHODIR, botir — 1) Oʻrta asrlarda turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida janglarda koʻrsatgan ulkan jasorati va qahra-monligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chiigaziylar davrida Chingizxon avlodidan boʻlmagan zodagonlar, yirik lashkar-boshilarga Bahodir uivoni berilgan. Keyinchalik Bahodir maʼnosining ushbu ijtimoiy xu-susiyati yoʻqoladi va Bahodir moʻgʻul zodagonlariniig tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarniig fikricha, Bahodir turkiy-moʻgulcha botir soʻzining forscha shaklidir.

2) Chingazxon hukmronligi za-mopida xonning shaxsiy gvardiyasi. Bunday qism Chiitizxon 1203-y. keroyitlar ustidan gʻalaba qilgandan keyin tashkil etilgan. Blar 1000 kishidan iborat boʻlgan. Tarixchi Nasavitshg (13-a.) maʼlumotiga koʻra, 1221—22 ylarda ularning umumiy soni 10000 kishiga yetgan. Blar urush vaqtida ilgʻor qism (avangard) bilan birga harakat kilgan. tinchlik vaqtlarida esa xon qarorgohini qoʻriqlagan.

Prev Article

BAHLUL LOʻDIY

Next Article

BAHODIROV