BAHOR

BAHOR, koʻklam — 1) yil fasli, mavsum. Yerning Shim. yarim sharida bahorgi kecha-kunduz tengligi (20 yoki 21 mart)dan yozgi quyosh turgʻunligigacha, yaʼni kunduz eng uzun, kechasi eng qisqa boʻlgan kungacha (21 yoki 22-iyungacha) davom etadi. Shartli ravishda mart, aprel va may oylarini Bahor deb atash qabul qilingan. Yerning Jan. yarim sharida bu vaqtda kuz fasli boʻladi. Bahor qishdan yozga oʻtish mavsumi hisoblanadi. Bahor kelishi bilan kunlar tez isiy boshlaydi, daraxtlar barg yozadi, maysalar koʻkaradi, qushlar uchib kela boshlaydi va h. k. Bular turli joylarda har xil paytlarda roʻy beradi, Qutb kengliklarida Bahor qiska boʻladi, tropiklarda sezilmay oʻtib ketadi (q. Yil fasmari);

2) qad. ogʻirlik oʻlchov birligi; musul-mon davlatlarida qoʻllanilgan. Klimata ishlatilish joyi va davriga qarab har xil boʻlgan: a) vazni 229 kg ga teng boʻlgan kichkina va vazni 422 kg ga teng boʻlgan katta Bahor larga boʻlinadi. Bahorning 207.4 kg li turi ham bor; b) Makkada 1 B. 183,7 kg ga teng boʻlgan (16-a).

Prev Article

BAHOR

Next Article

BAHOR