BAHOR

BAHOR (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1886.10.12, Mashhad – 1957.21.4, Tehron) — eron shonri, jamoat arbobi. Malik ush-shuaro (1903). Tehron unti prof. (1953). Eron milliy majlisiga bir necha bor vakil boʻlib saylangan. Boshlangʻich saboqni Bahor otasi Xuroson shoiri, malik ushshuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. Bahor «Eronga xudo yordir», «Ser Eduard Grsnga maktub» (1909) asarlari – b-n shuhrat qozonadi. Bahor «Nai-bahor» gaz. sini nashr etadi (1905 — 11). U adabiy jamiyat tuzib, «Donishkada» («Ilmxona») jur. chiqaradi (1918). Bahor sheʼrlari ichki va teskarichi guruhlarga, baʼzi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. U monarxiyaga qarshi yozgan shsʼrlari uchun Isfahonga badarga qilinadi (1932). Xalqning demokratiya uchun kurashini quvvatlovchi «Jax. annam». «Zindon kundaliklari», «Tong qushi» kabi asarlari shu yerda yozilgan. Bahor 3 jildli «Stilistika» (1958) ilmiy asarini yaratgan. Bahor qad. pahpaviy tilidan «Yodgore Zariron» («Zarirlar yodgorligi») dostonini fors tiliga tarjima kalgan. Uning fors sheʼriyatiga bagʻishlangan asarlari sharqshunoslik sohasida hanuz oʻz qimmatini saqpab qolgan.

Ad.: Shomuhamedov Sh., Bahor, T., 1965.

Prev Article

BAHODUR TUDUN

Next Article

BAHOR