BAIYA

BAIYABraziliya shim.-sharqidagi shtat. Mayd. 567 ming km2. Aholisi 11,7 mln. kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Salvador sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy qismida, San-Fransisku daryosi havzasida joylashgan. Mamlakatning eng koʻp neft qazib oladigan va qayta ishlanadigan hamda olmos olinadigan shtati. Yirik Paulu-Afonsu GES ishlab turibdi. Shtat jan. da kakao, tamaki, shakarqamish plantatsiyalari bor. Oziqovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, kimyo va b. bir qancha sanoat korxonalari mavjud. Chorvachilik ham rivojlangan.

Prev Article

BAZUDIN

Next Article

BAY PULI