BAKALAVR (lot. baccalaria — vassalning yer-mulki) — koʻp mamlakatlardagi dastlabki ilmiy daraja. Oʻrta asrda Gʻarbiy Yevropa untlarida taʼlimning birinchi bosqichini tugallagan talabalarga berilgan. Oʻzbekistonda «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997) ga muvofiq un-t va b. oliy oʻquv yurtlarining 1bosqichi — bakalavriatni tugatganlarga Bakalavr darajasi beriladi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Baʼzi xorijiy mamlakatlar (mas, Fransiya)da oʻrta maʼlumotga ega boʻlib, oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqish huquqiga ega boʻlgan shaxs ham Bakalavr deb ataladi.