BALERINA (ital. baleriana, lot. Ballo — raqsga tushaman) — balet truppasidagi raqqosa. Balerina atamasi jahon sanʼatiga 19-a. ning 2-yarmida kirib kelgan. Italiyalik mohir raqqosa (balerina)larning butun dunyo sahnasidagi muvaffaqiyatli chiqishlari b-n bogʻliq. 20-a. boshidan barcha balet raqqosalariga nisbatan ishlatiladi.