BALIQLITOV — Nurota tizmasining shim. etaklaridagi qoldiq togʻ. Qoʻytosh togʻlaridan 10 — 12 km shim. da. Baliqlitovning jan.-sharqiy yon bagʻri qiyaroq, shim.-gʻarbiy yon bagʻri yotiqroq. Uz. taxminan 17 km, eni 0,5 — 1 km. Mutlaq bal. 581 m (Boyzagʻir togʻi). Baliqlitov paleozoyning metamorfik ohaktoshlaridan tarkib topgan. Yon bagʻirlarida qiska soy koʻp. Baliqlitovdan yaylov sifatida foydalaniladi.