BALLAST

BALLAST (gollandcha Ballast) — 1) lokomotiv, kema va b. ning ogʻirligini sunʼiy ravishda oshirish uchun ishlatiladigan yuk (suv, qum va b.); 2) havodan yengil uchish apparatlari (mas, aerostat) koʻtarilishini rostlab turadigan yuk (mas, qum); 3) t. y. shpallari ostidagi qatlam. Maydalangan togʻ jinslari (qum, shagʻal, tosh), domna toshqoli (shlagi) va b. materiallardan yotqiziladi. Ballast poyezddan shpallarga tushadigan zoʻriqishni iz koʻtarmasiga bir meʼyorda oʻtkazadi, shpallarning siljib ketishiga yoʻl qoʻymaydi, poyezd gʻildiraklarining relsga yumshoq urilishini taʼminlaydi; 4) koʻchma maʼnoda — ortiqcha yuk, daxmaza, maʼlum ish uchun foydasiz narsa.

Prev Article

BALL

Next Article

BALLISTIK RAKETA