BANDAJ (frans. bandage — belbogʻ) — qorin devori churralarida, churra darvozasini bekitish, qorin devori haddan tashqari choʻzilib ketishining oldini olish yoki ichki aʼzolarni maromida tutib turish uchun bogʻlab yuriladigan maxsus kamar, belbogʻ. Davo va profilaktik Bandajlar — qorin usti Bandaj, homiladorlikda va tugʻruqdan keyin taqiladigan Bandaj, shuningdek churra Bandaji farqqilinadi. Profilaktik Bandaj homiladorlik va tugʻrukdan keyin ayniqsa muskullari boʻshashib qolgan ayollarda (homiladorlik va tugʻruqdan keyingi Bandaj) qorin devorining haddan tashqari choʻzilib ketishi kuzatilganda, shuningdek qorin boʻshligʻidagi operatsiyalardan keyin qorin devori churrasi hosil boʻlishining oldini olish maqsadida tavsiya etiladi. Ichki aʼzolar, mas, meʼda-ichaklar, buyraklar xiyla pastga tushib qolganda vrach tavsiyasi boʻyicha davo Bandaj idan foydalaniladi. Bandajni vrach nazorati ostida Churra bandaji (oʻng chov churrasi uchun): 1 — prujinaga oʻrnatilgan moslama; 2 — son ostidan oʻtadigan tasma tanlanadi. Bandaj taqqanda bichilish, qisilish va b. noxush hollar kuzatilsa, uni bogʻlamaslik hamda vrachga murojaat qilish tavsiya etiladi.