BARG NAQSHLARI

BARG NAQSHLARIislimiy naqsh elementi; oʻsimlik bargining bezak sanʼatidagi badiiy ifodasi, naqsh mujassamotini tashkil etuvchi asosiy elementlardan. Badiiy hunarmandlik (naqqoshlik, ganchkorlik, kulollik, miskarlik, kashtadoʻzlik va b.)da keng qoʻllaniladi. Tabiatda uchraydigan oʻsimlik Barg naqshlari ustalar tomonidan bezakda uslublashtirib olinadi hamda turli (shobarg, qoʻshbarg, chorbarg, madohil barg va h. k.) koʻrinishlarda sodda va murakkab holda aks ettiriladi. Chizma, boʻyama, oʻyma, tikma naqshlarda Barg naqshlarining 50 dan ortiq turi uchraydi.

Prev Article

BARG KEMIRUVCHILAR

Next Article

BARG NEKROZI