BARKISIMETO — Venesuela shim.-gʻarbidagi shahar. Lara shtatining maʼmuriy markazi. Axolisi 724 ming kishi (1990). T. y. stansiyasi. Q. x. rayonining savdo-transport markazi. Oziq-ovqat (shakarqand va b.), toʻqimachilik, sement, koʻn poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Un-t bor. Shaharga 1552-y. da asos solingan.