BARLOS

BARLOS, barulas, ballos — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-a. 2-yarmida (IlaIli) daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchib kelgan. 14—15-a. larda shu voha aholisining siyosiy, iqgisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Amir Temur B. qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barlos larning bir guruhi temuriylar va boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. 19-a. da birgina Dexli sh. atrofida 15 ming B. yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo Barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning jan. hududlarida qolib dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar turkiy tilning qorluqchigil lahjasida soʻzlashgan.

Prev Article

BARKLAY-DE-TOLLI

Next Article

BARMOQ