Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BAS

BAS (ital. basso — past) — 1) erkaklarning eng past, yoʻgʻon ovozi. Baland yoki kuychan Bas (ital. basso cantante) hamda past Bas (basso profundo), opera amaliyotida — xarakterli, hajviy Bas (basso buffo) farq qilinadi. Baland Bas lirik (diapazoni taxm. katta oktavadagi «sol»dan birinchi oktavadagi «fa» gacha) va dramatik (katta oktavadagi «fa» dan birinchi oktavadagi «mi»gacha) boʻladi. Past Basning diapazoni katta oktavadagi «domi» dan — birinchi oktavadagi «remi» gacha boʻladi. Rus xorlarida oktavachi Baslar uchraydi, ular inson ovozi uchun eng past ovozdagi tovushlarni ijro eta oladi; 20-a. xonandalaridan F. Shalyapin (Rossiya), N. Gyaurov (Bolgariya), Teo Adam (Germaniya), Oʻzbekistonda H. Ismoilov, V. Grinchenko, Q. Muhiddinov va b. ning ovozi B: 2) koʻp ovozli musiqa asaridagi eng pastki partiya. Xorda B. birinchi (baritonlar ijro etadi) va ikkinchi (haqiqiy Bas) ovozlarga boʻlinadi; 3) raqamlangan Bas (basso continuo) (q. Gomofoniya); 4) pastki registrdagi musiqa asboblari: tuba-B., kontrabas vab., shuningdek Ukraina (basolya) va Belorussiya (basetlya) da xalq violoncheli, Oʻzbekistonda qayta ishlangan xalq cholgʻulari — dutor — B., gʻijjak — B. va b.

Prev Article

BARQUQ

Next Article

BASAR