BATAREYa

BATAREYa (frans. batterie, battre — urmoq) — artilleriya qismlari va harbiy kemalarda 2 — 4 yoki undan koʻproq toʻplardan iborat artilleriyaning birinchi oʻt ochuvchi va taktik boʻlinmasi. Ikkita oʻt ochuvchi va bitta boshqarish vzvodidan iborat. Polk (divizion) tarkibida yoki alohida boʻlishi mumkin. Batareya yopiq va ochiq pozitsiyadan oʻt ocha oladi. Artilleriyada toʻp, gaubitsa, minomyot, havoga otadigan, tanklarga qarshi hujumda boshqariladigan reaktiv snaryadlar B. si boʻladi. Optik razvedka, meteorologiya, suratga olish, topografiya, radiotexnika, projektor va b. B. lar ham boʻladi.

Prev Article

BATAL JANRI

Next Article

BATAT