BATIST

BATIST (frans. batiste) — juda ingichka pishitilgan ipdan polotnoli urilishda toʻqilgan gazlama. Zigʻir yoki paxta tolasidan olinadigan iplardan toʻqiladi. Oq yoki har xil och rangda boʻladi. Batistdan yozgi koʻylak, ich kiyim, choyshab, yostiq jildlari va b. buyumlar tiqiladi.

Prev Article

BATIAL

Next Article

BATMAN