BAYHAQIY

BAYHAQIY Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib (995—1077) — tarixchi olim. Nishopur madrasalarida tahsil koʻrgan. Mahmud Gʻaznaviy saroyida kotib (1021). «Ziynat ulkuttob» («Kotiblar ziynati») va 30 jildli «Tarixi oli Maxmud» («Mahmud xonadoni tarixi») nomli asarlar yozgan. «Tarixi oli Mahmud» asarining Mahmud Gʻaznaviy oʻgʻli Masʼud hukmronligi (1030—41) ga oid qismigina saqlanib qolgan boʻlib, u «Tarixi Masʼudiy» va «Tarixi Bayhaqiy» nomi bilan ham mashhur. Bu asar Toshkentda soʻz boshi va izohlar bilan rus tilida nashr qilingan (1962).

Prev Article

BAYTUR

Next Article

BAKALAVR