Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BAZIPETAL RIVOJLANISH

BAZIPETAL RIVOJLANISH (yun. basis — asos, tub, tag va lot. peto — in-tilaman) — oʻsimliklar yon shoxlari yoki organlari qismlarining uchidan tubiga qarab rivojlanishi, bunday rivojlanish natijasida oʻsimliklarning yosh qismlari tubiga yaqinroq joylashadi. Mas, gulli oʻsimliklar bargining toʻqimalari bazipetal tarzda rivojlanib differensiallanadi.

Prev Article

BAZILIKA

Next Article

BAZIS