BEDONA TUT

BEDONA TUT — tutsimonlar oilasi (tutdoshlar)ga mansub daraxt. Mevasi oq, shirin, urugʻsiz. Bargi ipak qurtiga yediriladigan «Vodil» va «Xorugʻ» xillari tarqalgan. «Vodil», asosan, Fargʻona vodiysining togʻ etagi hududlarida (Oʻsh, Fargʻona, Andijon, Xoʻjand va Jalolobodda) oʻstiriladi. Mevasi yirik (18×10 mm), gektaridan 40 — 47 s barg beradi. «Xorugʻ» Tojikistonda koʻp tarqalgan. Gektaridan 50 — 55 s barg beradi. Mevasi yirik (21×11 mm), shirin, urugʻsiz. Kasallik va sovuqqa chidamli. Payvand qilib koʻpaytiriladi.

Prev Article

BEDNORS