BEKON (ing. Bacon) — maxsus usulda semirtirilgan (goʻsht-yogʻi qatlamlanib joylashgan) choʻchqaning nimtalangan goʻshtidan tayyorlanadigan mahsulot. 2 — 2,5 oylik choʻchqalar 7 oygacha boqilib Bekon goʻshti olinadi. Tuzlangan Bekon va dudlangan Bekonga boʻlinadi. Aksariyat, choʻchqaning toʻsh, son qismi goʻshtidan tuzlangan B. va suyagi ajratilgan qovurgʻa goʻshtidan, shuningdek tuzlangan B. dan dudlangan B. tayyorlanadi.