BELLINSGAUZEN Faddey Faddeyevich

BELLINSGAUZEN Faddey Faddeyevich [11778.9 (20). 9, Ezel o., hoz. Saarema o., Estoniya Respublikasi — 1852, 13 (25). 1, Kronshtadt] — rus dengizchi sayyohi va tadqiqotchisi, admirali. 1803 — 06 y. larda dunyo aylana dengiz sayohatida ishtirok etgan. 1819 — 21 y. larda «Vostok» va «Mirniy» kemalarida Antarktidaning qutb yoni zonalarini oʻrganish va nomaʼlum yerlarni kashf qilish uchun yuborilgan ekspeditsiyaga boshchilik qildi. Ekspeditsiya 1820-y. yanv. da Antarktida qirgʻoqlari (hoz. Bellinsgauzen shelf muzligi)ga yaqinlashdi. Antarktida yaqinida va Tinch okeanning tropik qismida bir necha orol kashf qilindi. Ekspeditsiya 1821-y. iyul—avg. da 751 kunlik dengiz safaridan keyin Kronshtadtga qaytib keldi. Bellinsgauzen 1839 i. dan Kronshtadt gubernatori boʻlgan. Ekspeditsiya tafsilotini xaritalar atlasi bilan birga nashr qildirgan. Bellinsgauzen nomiga Tinch okeandagi dengiz va suv osti soyligi, Antarktidada shelf muzligi va ilmiy st-ya, orol va b. qoʻyilgan.

Prev Article

BELLI

Next Article

BELLINSGAUZEN DENGIZI