BERDYANSK (193958-y. larda Osipenko) — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1835-y. dan). Azov dengizi boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 135 ming kishi (1999). «Azovkabel», «Yujgidromash», «Azovselmash» z-dlari bor. Shisha tola, neft moylari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika inti, mashinasozlik, tokchilik va vinochilik texnikumlari, tibbiyot bilim yurti, badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari mavjud. Yozi quruq, issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 24°), qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4°), yiliga 380 mm yogʻin tushadi. Shahardan 5 km narida dengiz boʻyida balchiq bilan davolash va iklimiy kurort joylashgan. Kattalar va bolalar sanatoriysi, dam olish uylari ishlab turibdi. Berdyanskga 1827-y. da asos solingan.