BERSH BALIQ

BERSH BALIQ (Lucioperca volgensis) — okunsimonlar oilasiga mansub baliqlar turi, uz. 25—45 sm, ogʻirligi 2 kg gacha. Qora, Azov, Kaspiy dengizlariga quyiladigan daryolar etagida yashaydi. Sudak baligʻiga oʻxshash, 3—4 yoshda voyaga yetadi. Apr. —may oylarida daryoning sayoz joylariga tuxum qoʻyadi. Yosh baliqlar suvdagi umurtqaslz jonivorlar bilan va keyinroq mayda baliqlar bilan oziqdanadi. Bersh baliq kam ovlanadi, tuzlangan holda isteʼmol qilinadi.

Prev Article

BERSELIUS

Next Article

BESARAGOTA TIZMASI