BERTLO

BERTLO, Vertelo (Berthelot) Pyer Ejen Marselen (1827.25.10—Parij 1907.18.3)—fransuz kimyogari va jamoat arbobi. Termokimyo asoschilaridan biri. Glitserin bilan yogʻ kislotalaridan tabiiy yogʻlarga yaqin birikmalarni sintez qilgan. Glitserinning uch atomli spirt ekanligini, etilendan sulfat kislota ishtirokida etil spirt olish mumkinligini isbotlagan (1854), B. oddiy uglevodorodlardan metan, etilen, atsetilen, benzol va b. ni sintez qilgan. 1867-y. da vodorod yodid bilan organik moddalarni kaytarishning umumiy usulini ishlab chiqqan. Bertlo yoqilgʻilarning issiqlik berish qobiliyatini oʻlchash uchun kalorimetrik bombani ixtiro qilgan. Bertlo 1861—63 y. larda fransuz kimyogari L. Pean de SenJil bilan hamkorlikda spirt va kislotalardan murakkab efir hosil boʻlish tezligi ustida ishlar olib borib, kimyoviy kinetikata muhim hissa qoʻshgan.

Prev Article

BERTILYON

Next Article

BERTOLLE