Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

BETARAF ZONA

BETARAF ZONA — manfaatdor davlatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan harbiy harakat maydoniga aylantirilmaydigan, harbiy baza sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan hudud. Davlatlar hududining baʼzi yer maydonlari yoki ular suverenitetiga kirmaydigan yerlar ham Betaraf zonaga aylantirilishi mumkin. Betaraf zona manfaatdor davlat tomonidan bir tomonlama tartibda yoki xalqaro shartnoma asosida tashkil etiladi. Qirgʻoq boʻyida joylashgan bironbir davlat tomonidan boshqa davlatlar oʻrtasidagi urush paytida oʻz xavfeizligini taʼminlash uchun muvaqqat Betaraf zona tuzilishi mumkin. Muvaqqat Betaraf zonalar sirasiga urushlarda katnashayotgan tomonlar muzoqaralar olib borish (mas, harbiy asirlarni, yarador va bemorlarni almashish, sulh tuzish haqida), madaniy va tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish uchun belgilaydigan zonalar ham kiradi. Betaraf zonalarni tuzish bilan bir vaqtda koʻpincha demilitarizatsiya amalga oshiriladi.

Prev Article

BETANURLAR DETEKTORI

Next Article

BETARAFLIK