BIFIDOBAKTERIYALAR

BIFIDOBAKTERIYALAR (lot. Bifi dus — ikkiga boʻlingan, ayri va bakteriyalar) — sut achituvchi bakteriyalar turi, foydali mikroblar; B. spora hosil qilmaydigan gram musbat ayri uchli tayoqchalar shaklida boʻlib, chirituvchi va kasallik tugʻdiruvchi mikroblarning rivojlanishini toʻxtatadi, uglevodlarning hazm boʻlishini taʼminlaydi, shuningdek V, K, qisman S vitaminlar hosil qiladi. Bola koʻkrakdan ajratilgach, Bifidobakteriyalar oʻrniga ichakning odatdagi mikroflorasi paydo boʻladi. Uning tarkibida ham Bifidobakteriyalar boʻladi. Ichak disbakteriozini davolashda Bifidobakteriyalar dori sifatida qoʻllaniladi.

Prev Article

BITTEPA

Next Article

BIXEVIORIZM